Milliy yo'nalishdagi ijodini yana yangi qo'shiqlar bilan boyitish uchun tinmay izlanayotgan xonanda Ziyoda, shu kunlarda "Sayding qo'yaber sayyod" taronasidan so'ng xalq xofizi Fahriddin Umarovning "Ey muhabbat" taronasini yangicha uslubda kuyladi...
"Ey muhabbat" qo'shig'ining aranjirovkasini Rustam To'lashev bajardi. Endilikda esa Ziyoda aynan shu taronasi uchun rejissor Sardor Rasulov tomonidan o'zgacha va original klip suratga tushirmoqda.